Atlas Corp stajirovkasi

Lotin Amerikasida stajirovka dasturi uchun qabul boshlandi. Dedlayn – 2022-yil 15-yanvar.

Ushbu dastur ingliz tili oʻqituvchilari uchun 1 yil muddatli toʻlovli stajirovkadir. Dastur Atlas Corp hamda Heart for Change va Volunteers Columbia tashkilotlari hamkorligida yaratilgan. Uning maqsadi Lotin Amerikasidagi bolalar va yoshlarga ikki tilda taʼlim olish imkonini berishdan iborat.

Dastur ishtirokchilariga xalqaro miqyosda liderlik koʻnikmasini rivojlantirish va ingliz tili boʻyicha bilimlarini yoshlar bilan boʻlishish imkoniyati beriladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Tashkilotchilar oylik stipendiya, viza va ID, shuningdek boshqa yashash xarajatlarini qoplashni, ikki haftalik tayyorlov kurslari, oʻqitish va professional rivojlanish boʻyicha treningda qatnashish hamda 80 mamlakat boʻylab 500 liderga ega Atlas Corp global tarmogʻining aʼzosiga aylanishni taklif etadi. Stajirovka yakuniga koʻra ishtirokchilarga bonus va sertifikatlar taqdim etiladi.

Talablar:

• minimum 1 yillik oʻqituvchilik tajribasi va/yoki TEFL sertifikatiga ega boʻlish;

• turli sharoitlarga moslashish va ishlash koʻnikmalari boʻlishi;

• bakalavr darajasi yoki uning ekvivalenti;

• ingliz tilini mukammal darajada bilish;

• shuningdek, ispan tilida boshlangʻich bilimga ega boʻlish qarshilanadi (ispan tilini ixtiyoriy darajada oʻzlashtirgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin).

Stajirovka haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.