Termiz davlat universiteti Qozon davlat universiteti va Tatariston fanlar Akademiyasi bilan birgalikda 6-28 mart kunlari bo’lib o’tadigan «Аrxeologiyada Geoaxborot texnologiyalari va buzilmaydigan usullar» mavzusida kurs tashkil etdi.
Ushbu kurs arxeologik ob’ektlarni xaritalash, shuningdek, GIS texnologiyasi yordamida yer uchastkalarini o’rganish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, arxeologiya instituti direktori A.G. Sitdikov ushbu loyihadan kutilayotgan maqsad va natijalar haqida batafsil ma’lumot berdi.