Arte Laguna Prize xalqaro san’at tanlovi

Arte Laguna Prize xalqaro san’at tanlovi e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr.

Arte Laguna Prize tanlovi – bu xalqaro san’at tanlovi bo‘lib, uning maqsadi zamonaviy san’atni targ‘ib etish va takomillashtirishdan iborat. Tanlov rassomlar karyerasida chinakam burilish bo‘ladi.

Tanlovda yoshi va millatidan qat’iy nazar barcha xohish bildiruvchilar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun ariza topshirish va o‘z asarini tanlov saytiga joylash kerak bo‘ladi.

Asarlar quyidagi kategoriyalar bo‘yicha qabul qilinadi:

•  rassomlik;

•  haykaltaroshlik va installyatsiya;

•  fotosurat;

•  video-art va qisqa metrajli kino;

•  virtual san’at;

•  raqamli grafika;

•  lend-art;

•  shahar san’ati;

•  namoyishlar;

•  barqaror san’at.

Tanlov mustaqil mavzuda o‘tkaziladi. Bunda har bir ishtirokchi bir nechta kategoriyalar bo‘yicha bittadan ortiq asarlarni taqdim etishi mumkin.

Hakamlar hay’ati 115 muallifni saralab oladi va ularning uch nafariga 10 000 yevro miqdoridagi pul mukofoti beriladi. Qolgan ishtirokchilar esa artelaguna.world saytida o‘z ishlarini bepul joylash imkoniga ega bo‘ladilar hamda bosh maqsadi san’atni targ‘ib etish va rassomlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish imkonini taqdim etadi.

Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bu yerda olish mumkin.