Andijon institutida yangi fakultet ochildi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi. 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarning “Ipakchilik va tutchilik” va “Ipakchilik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari ushbu fakultetga o‘tkaziladi.

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli OTMlarda qabul to‘xtatiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini ta’lim olish muddatiga mos ravishda davom ettiradi.