Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan Andijon shahrida Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etish tasdiqlandi.

Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilida boshlanib, talabalar ikki chet tili bo‘yicha malaka oladilar.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatga kirish imtihoni fanlar majmuasida chet tili bo‘yicha 4 ta malakani (tinglash, o‘qish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi.