«Advent-kalendar» Yangi yil tanlovi

Gyote institutdan «Advent-kalendar» xalqaro tanlovi eʼlon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 24-dekabr.

Nemis tilini biladigan, Yangi yil kayfiyatidagi barcha ishtirok etishi mumkin. Buning uchun 1-dekabrdan 24-dekabrgacha har kuni Gyote oilasi bayramni qanday nishonlayotgani haqida maqolalarni oʻqish va ularning oxirida berilgan kichik topshiriqlarni bajarish lozim.

Ishtirokchilar kommentariyalarda kalendar savollariga javob berish orqali tanlovda qatnashadilar. Har bir ishtirokchi kun savoli uchun cheklanmagan miqdorda kommentariy qoldirishi mumkin.

Har kuni tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilar oʻrtasida surpriz sovrin oʻynaladi. Eng faol toʻrt kommentator Gyote instituti til kurslari uchun chegirma kodlariga ega boʻladi. 

Sovrinlar barcha kommentariylar oʻrtasida oʻynaladi, jumladan, Instagramda ham.

Tashkilotchi – Gyote instituti. 

Tanlov toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni bu yerdan olish mumkin.