ADU talabasi Qozogʻistonda oʻtkazilgan turnir sovrindori boʻldi

Joriy yilning 23-25-may kunlari Qozog’istonning Shimkent shahridagi stol tennisi markazida Akpan Batir xotirasiga bagʻishlangan uchinchi an’anaviy turnir oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Xalqaro turnirda Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qozogʻistondan 200 ga yaqin yosh tennis ustalari oʻzaro raqobatlashdilar.

Ushbu turnirda Andijon davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabasi Xusnoraxon Iminova faol ishtirok etib, murosasiz kechgan baxslarda faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.