Abituriyentlar orasida qaysi universitetlarga talab katta

Joriy yilda ro‘yxatga olingan abituriyentlar soni 1 million 146 ming 744 nafarni tashkil etdi.

Ular eng ko’p tanlagan universitetlar quyidagilar bo’ldi:
• O‘zbekiston Milliy universiteti – 41577 nafar;
• Toshkent davlat pedagogika universiteti – 40523 nafar;
• Namangan davlat universiteti – 37 267;
• Urganch davlat universiteti – 37 091;
• Jizzax davlat pedagogika instituti – 35706 nafar.

585 669 kishi kunduzgi shaklni, 528 839 kishi sirtqi shaklni afzal ko’rdi. Shuningdek, 25369 nafar abituriyent kechki taʼlimni, 6867 nafari esa masofaviy taʼlimni tanladi.