51,2% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 1 mln 73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan.

Ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Bu yarmidan ko‘pi degani.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz yanada og‘irlashgan. O‘tgan yili 36% abituriyentlar 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 51,2% ga chiqdi. Albatta, bunda majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar miqdori kamaytirilib, mutaxassislik faniga katta urg‘u berilgani ham sabab bo‘ldi.

2022 yilda eng yomon ko‘rsatkich, xuddi o‘tgan yilda bo‘lganidek Toshkent viloyatida (55,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2%) qayd etilgan.