OʻzMU talabasi 100 mln sohibi boʻldi

Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining finalida Oʻzbekiston milliy universiteti 4-bosqich talabasi Jahongir Toʻrayev gʻolib boʻldi. Unga 100 million soʻm mukofot topshirildi.

Jahongir Toʻrayev bugungacha oʻndan ziyod xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori, akademik T. A. Sarimsoqov nomidagi, akademik T. Qori-Niyoziy nomidagi stipendiyalar sovrindori hamda “Asakabank” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yosh Matematik” stipendiyasi gʻolibi boʻlgan. Bu qatorga bugun “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi ham qoʻshildi.

Ahamiyatlisi, bu olimpiadada ishtirokchilar uchun yosh chegarasi yoʻq edi. Onlayn bosqichda 250 ming ishtirokchi orasidan TOP 100 talikka kirib, finalga chiqqan talaba oʻzidan kattalardan oʻtkir bilimli ekanligini isbotladi.