Botanika bogʻida «Vaʼdalar uchun yugurish»

1-yanvar kuni bayram munosabati bilan yugurish oʻtkaziladi. Uning maqsadi – finish chizigʻiga yetib borish emas, balki orzularni roʻyobga chiqarishdir.

«Vaʼdalar uchun yugurish» – bu ochiq bayramona yugurish boʻlib, jahon boʻylab insonlarni birlashtiradi. 

Yugurishdan maqsad finish chizigʻiga yetib borish emas, balki orzularning roʻyobga chiqishi. Axir uning qatnashchilari shaxsiy raqami yozilgan taxtachalarga kelgusi yil uchun vaʼdalarini yozib, boʻyinlariga osib olishadi va oʻz orzusi uchun 2022 metr masofani yugurib oʻtadilar. Bu salomatlikni yaxshilash va yangi doʻstlar orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ishtirok etish uchun saytda roʻyxatdan oʻtish lozim. Toʻplanish joyi, kontaktlar va shaxsiy raqam roʻyxatdan oʻtish yakunlangach pochtaga yuboriladi.

Yugurish 1-yanvar 12:00da boshlanadi. Ishtirok etish bepul. Botanika bogʻiga kirish uchun toʻlovni amalga oshirish kerak.

Tashkilotchilar – I Love Supersport va I Love Running.