Ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari

O‘zbekiston Respubliksi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari ta’lim olish huquqiga ega. 5-modda. Ta’lim olish huquqi Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Demak, ta’lim oluvchi har qanday yosh toifasidagi shaxs bo‘lishi mumkin. Ta’lim oluvchining yoshi chegaralanmagan. […]