Xalqaro olimpiadada pediatriya instituti litseyi o’quvchisi bronza medalini qo’lga kiritdi

O’zbekistonlik o’quvchi 10-18 iyul kunlari Armanistonda o’tkazilgan xalqaro biologiya olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

Ushbu olimpiadada dunyoning 64 mamlakatidan 256 nafar o’quvchi ishtirok etdi, Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o’quvchisi Aziz Abduvaliyev bronza medalni qo’lga kiritdi.

Avval yozganimizdek, fan olimpiadalari g’oliblari davlat universitetlariga imtihonsiz kirishlari va grant asosida o’qishlari mumkin. Bundan tashqari, bronza medallari egalariga 60 mln.so‘m, o’qituvchiga 45 mln. so’m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Shuningdek, ular chet el universitetlari tomonidan qabul qilinishi mumkin, agar ular hujjatlarni topshirsa (o’qish uchun grant berishi mumkin).