Ikki universitet va bir kollejdan stipendiya dasturlari

KAUST universiteti stipendiyasi

Saudiya Arabistonida talim olish uchun tliq stipendiya elon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30noyabr.

Qirol Abdulla nomidagi ilmiy-texnologik universitet (KAUST) – Saudiya Arabistonidagi xususiy tadqiqot universiteti. Stipendiya magistratura va aspiranturaning istalgan dasturida ta’lim olayotgan talabalarga beriladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• ta’lim xarajatlarining toʻliq qoplanadi;

• oylik mablagʻ (yiliga 20 000 – 30 000 AQSh dollar, mablagʻ summasi malaka va oʻzlashtirishda yutuqlariga koʻra belgilanadi);

• yashash uchun joy;

• tibbiy sugʻurta;

• yoʻl xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

• ingliz tilini bilish (TOEFL (IBT) – 79, IELTS –6.0);

• GRE general test topshirish tavsiya etiladi. Test natijasining yuqoriligi talaba arizasini koʻrib chiqishda ustuvorlik beradi. 

[email protected] elektron manziliga murojaat qilish orqali batafsil ma’lumotga ega boʻlishingiz va savollarga javob olishingiz mumkin

Dastur toʻgʻrisida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.

Berea College stipendiyasi

Xorijiy talabalar uchun stipendiya e’lon qilindi. Dedlayn – 2021-yil 30-noyabr.

Berea College oʻz talabalariga stipendiyalar taklif etadi. Ushbu stipendiya ta’lim xarajatlarini  qoplashga yoʻnaltiriladi. Talabalar ta’lim xarajatlarini toʻliq toʻlash uchun stipendiyadan tashqari boshqa moliyalashtirish manbalaridan (tashkilotlar yoki boshqa shaxslar stipendiyalaridan) foydalanishi mumkin. Stipendiya kollejdagi istalgan bakalavr dasturi uchun qoʻllanishi mumkin.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

Barcha xorijiy talabalar birinchi oʻquv yili uchun ta’lim, yashash va boshqa majburiy badallar boʻyicha xarajatlar uchun moliyaviy koʻmak va stipendiya oladilar. Keyingi yillarda talabalarga 1 000 AQSh dollari miqdorida chegirma taqdim etiladi. Shuningdek, kollej talabalarga yoz davomida ish bilan ta’minlashni kafolatlaydi, natijada ular kelgusi yil ta’lim xarajatlari uchun mablagʻ ishlab topishlari mumkin.

Xorijiy talabalar roʻyxatdan oʻtish uchun 50 dollar va 2 200 dollar depozit toʻlovini qilishlari kerak. Bu depozit 4 yil davomida talabalar tomonidan istalgan xarajatlar uchun sarflanishi mumkin. Agar talabalar depozit mablagʻini toʻlay olmasalar qoʻshimcha moliyalashtirish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Talablar:

Xorijiy talabalar oʻqishni istayotgan dasturning barcha talablariga toʻgʻri kelishi lozim. Talablar orasida ingliz tilini bilish va a’lo oʻzlashtirish kabilar bor.

Shuningdek, quyidagi testlardan birining natijalarini taqdim etish lozim:

• TOEFL: 520 (paper-based); 190 (computer-based); 68 (internet-based)

• IELTS: 6 overall and 5 in each exam area

• ACT: 19 Composite

• SAT I: 1330 Combined Score (for tests taken before March, 2018) or 980 Combined Score (for tests taken after March, 2018)

Dastur toʻgʻrisida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.

University of Lausanne stipendiyasi

Magistrant talabalar uchun stipendiya dasturiDedlayn – 2021-yil 30noyabr.

Magistratura stipendiya dasturi – bu faqatgina xorijiy universitetni tamomlagan, shuningdek, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega ilgʻor talabalarga taqdim etiladi. Bir yil davomida taxminan oʻnta stipendiya taqdim etiladi.

Dastur quyidagilarni taklif etadi:

• Har bir stipendiatga bir oy uchun 1 600 Shveysariya franki beriladi.

• Bir oʻquv yilida oʻrtacha 10 ta nomzodga beriladi.

Talablar:

• Magistr dasturiga qadar bakalavr darajasiga teng xorijiy universitet darajasini tamomlagan boʻlish.

• A’lo akademik natijalarga ega bo’lish.

• Tanlangan magistratura dasturi olib boriladigan tildan kelib chiqqan holda, fransuz tilini B2 darajasidan yuqori yoki ingliz tilini C1 darajasidan yuqori bilish lozim.

• Avval UNIL’da roʻyxatdan oʻtmagan boʻlish.

• 200 Shveysariya franki miqdoridagi ma’muriy toʻlovni amalga oshirish.

Dastur toʻgʻrisida batafsil bu yerda bilib olish mumkin.