3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin

Hukumatning «Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.