Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 22 iyuldagi PQ-2215-sonli qaroriga asosan stomatologiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Yangi institutning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri stomatologiya sohasidagi yuqori malakali tibbiyot xodimlari va ilmiy xodimlarni zamonaviy talablarga javob beradigan va zamonaviy stomatologiya, zamonaviy texnologiyalariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlashdir. Institut stomatologiya, yuz-jag’ xirurgiyasiva boshqa sohalarda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi, shu jumladan biotexnologiya, hujayra va regenerativ tibbiyotning ilg’or yutuqlaridan foydalanishadi. Institutda bugungi kunda bakalavriatning 2 ta yo’nalishi, magistratura bo’yicha 5 ta va 9 ta klinik ordinatura mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim olib bormoqdalar.