Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, 24-may 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, yangi taʼsis etilgan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tarkibiga kiradi. Universitetda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda. OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda 10 dan ortiq yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim beriladi. Hozirgi kunda esa universitetda Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, jurnalistika tarixi muzeyi mavjud. 2018/19 oʻquv yilida unda 119 dan ortiq talaba oʻqimoqda, 50 professor oʻqituvchilar, shu jumladan 5 fan doktori va 10 fan nomzodi va 7 dotsentlar ishlaydi. Universitet dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitet va ilmiy markazlari bilan xalqaro aloqalar oʻrnatgan.

Batafsil ma’lumot bilan O‘zbek Wikipediasida tanishishingiz mumkin.