Yoldasheva Obidaxon

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • Pedagog-psixolog
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universtiteti
  • Shifokorlik bilan ham shug‘ullanadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Obidahon Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universtitetining pedagogika va psixologika fakulteti, amaliy psixologiya yo‘nalishining 2-bosqich talabasi. Bo‘sh vaqtlarida she’r va maqolalar, ertak va hikoyalar yozadi. Shuningdek, insonlarning ichidagi tashvishlarini, muammolarini yechishga yordamlashadi.

PSIXOLOG BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Yoshlarni kitobiy savodxonlikka yo‘naltirish, O‘zbekistonning yangi qirralarini ochish, yangi kadrlarni yetishtirib chiqarishda yordam berish maqsadida Obidaxon psixolog va pedagog bo‘lishga qaror qilgan. Zulfiya Davlat mukofotiga nomzod. “Universe” volontyorlik maktabining Andijon viloyati koordinatori, Andijon viloyati volontyorlar maktabi a’zosi. She’r va maqolalari gazeta va jurnallarda chop etilgan. Zomin yoshlar forumi ishtirokchisi. Harbiy guvohnomasi ham bor.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Obidaxon tanlovlarda qatnashish jarayonida ko‘plab nohaqliklarga uchraganini ta’kidlaydi. Shuningdek, oiladagi ba’zi yetishmovchiliklar bois yaxshi o‘qish va izlanishni boshlagan. Universitetda yetakchilik qobiliyatini ko‘rib, shuningdek, universitet hayotida faol qatnashganligi tufayli iqtidorli yoshlar qatorida pul mukofoti bilan taqdirlangan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Obidaning maqsadi – motivator, dinshunos olima, qoriya bo‘lish. Turkiya davlatidagi eng mashhur universtitetlaridan birida magistraturada o‘qish, IELTS imtihonini topshirish niyatida. Mashxur psixolog, qalbshunos olima bo‘lish, shu boyicha ilmiy maqolalar chop ettirish va ijodiyshe’riy kitob chiqarishni orzu qiladi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Chet el seriallari, biznes, SMM, IT

Past baho berilganlarchi?
Tariximiz, kutubxonalar

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Kamgap, ochiqko‘ngil, intiluvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Intilishdan to‘xtama