Yo‘lchiboyev Husan

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Geolog
  • Geologiya fanlari universiteti
  • O‘zini doimo omadli deb biladi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Husan Jizzax viloyatida istiqomat qiladi. Ayni damda Geologiya fanlar universitetida tahsil oladi. U bu sohaga bolaligidan qiziqib kelgan. O‘z kasbi orqali yurtimizda yanada kuchli kelajak qurushga o‘z hissasini qo‘shish niyatida. Geologiya sohasida yetuk mutaxassislarning kelib chiqishi, mamlakat boyliklarini oshirishiga va shu bilan bir qatorda iqtisodiyot ko‘tarilishiga yaxshi omil bo‘lishini biladi.

GEOLOG BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Husan bu sohaga yoshligidan qiziqib kelgan. Keyin u Geologiya fanlari universitetiga o‘qishga kirib, bu kasbning mahoratli ustasi bo‘lishga qaror qilgan. U o‘z bilimlarini yosh avlodga ham ulashishni niyat qilgan. U o‘rganayotgan soha jamiyat uchun foydali sohalardan biridir. Husan geologiya orqali Vatanini barcha mamlakatlar o‘rtasida gigant davlatlar qatoriga kiritish niyatida. Ota-onasining sog‘ligi, o‘zi qiziqqan sohada izlanishlar olib borish imkoniyatlari borligi hayotidagi yutuqlardan  biri, deb biladi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Hozirgacha duch kelgan qiyinchiliklar qatoriga mablag‘ muammosi, salbiy fikirlash hamda ayrim hollardagi qo‘rquv hisini kiritadi. Shularga qaramay, u doimo oldinga intilib, o‘z maqsadlari sari harakat qilishdan to‘xtamaydi. Zero, u o‘zini muvaffaqiyatli inson deb biladi. Yuzaga kelgan barcha tashkiliy ishlarda Husan doimo sardorlik hislatlarini namoyon etadi. Ishtirok etgan barcha musobaqalarda har doim birinchi o‘rinlarni egallab kelgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Husanning maqsadi – o‘zi o‘qiyotgan yo‘nalishi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish. Rejasi – dunyoni zabt etish. “Barcha ılımlı olimlar O‘zbekiston respublikasidan chiqqan” degan sharafli so‘zlarni eshitish

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Juda aqllilik qilish. Hech narsadan qo‘rqmaslik

Past baho berilganlar-chi?
Tabiat boyliklrini tejamaslik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Juda ham omadli kelajagini qo‘rqmasdan boshlaydigan inson

Hayotdagi shioringiz qanday?
Toki tirik ekanman, hech qachon izlanishdan to‘xtamayman

Instagram sahifasi: @Mirzohidjonovich