Yetmishboyev Shaxzodbek

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
  • Ota-onasining duosi uni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Shahzodbek axborot xavfsizligi sohasida, hamda sun’iy intellektni professionlar darajaga olib chiqish bo‘yicha kuchli mutaxassis bo‘lish ustida ish olib bormoqda. Taraqqiyotni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, deb biladi. Farg‘ona viloyati TOP 50 ta ‘‘Kelajak liderlari” klubining a’zosi.

IT-MUTAXASSIS BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Shahzodek axborot texnologiyalariga yoshligidan qiziqib keladi. U oliy o‘quv yurtida ta’lim olish bilan bir qatorda turli ko‘rik tanlovlarda ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab keladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Texnoways” texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi g‘olibi va 15 million pul yutug‘i sohibi. Shunungdek, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi “Eng yaxshi infografika” tanlovining respublika bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Nafsiga qarshi chiqib, dangasalikni yengib, do‘stlar bilan uchrashuvlardan voz kechib, sohaga oid manbalarni doimiy ravishda kuzatib, uyqu o‘rniga ko‘proq kitob mutolaa qilish orqali qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. Agar dunyoda hamma narsaga erishib, imkoniyatalari ko‘p bo‘lsa, ibodat, ehson va insonlarga mehr ulashish bilan shug‘ullangan bo‘lar edi. O‘tmishga qaytish imkoni bo‘lsa, o‘zi bilan ko‘rishishni istardi, ya’ni 12 yoshligiga qaytib ingliz tili, hamda dasturlash tillarini o‘rganishni ertaroq boshlagan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – O‘zbekiston hamda Xalqaro grantlarini yutish. Kamida 7 tilda erkin so‘zlashish. O‘zbeksitonda IT sohasini rivojlantirib, ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqish va xususiy maktab tashkil etish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Kamtarlikka ortiqcha baho beriladi, oqibatda u kibrga aylanadi

Past baho berilganlar-chi?
Ijtimoiy himoya

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Ochiqko‘ngil, harakatchan, omadli

Hayotdagi shioringiz qanday?
Vaqtni qadrla va o’z ustingda ishla

Instagram sahifasi: @yetmishboyev_