Xalilov Ravshan

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Volontyor
  • Toshkent Davlat Agrar universiteti
  • “Ajinalar Izidan” nomli kitob muallif
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Rashvan “Hero Light Group” erkin volontyorlik harakati va Yoshlar ilmiy jamiyati ta’sischisi. Ko‘ngilli yoshlar bilan birgalikda turli xil ezgu ishlarni amalga oshiradi. Turli mavzuda bilim, ko‘nikmalar beradi, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalar uchun loyihalar amalga oshiradi. Bundan tashqari, yosh bolalar uchun hikoyalar yozadi, “Ajinalar Izidan” deb nomlangan kitobi nashrdan chiqqan. Yosh ixtirochi, ya’ni Start Up loyihalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

IXTIROCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Uning loyihalari jamiyatdagi o‘zi kabi tashabbuskor yoshlarni bir nuqtada jamlashga, birgalikda rivojlanishga imkoniyat yaratadi. Turli mavzularda fikr almashib bilim doiralarini kengaytirish imkoni mavjud. Volontyorlik loyihalari esa yaxshilik tuyg’ularini yoshlar orasida trendga aylantirishga ko‘mak beradi. Ravshan “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofoti sohibi. 3 ta mualliflik kitobi nashrdan chiqqan. Lekin o‘zini hali professional darajaga yetgani yo‘q va o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p, deb hisoblaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Ravshanning so‘zlariga ko‘ra, har bir ishni yaxshi niyat bilan boshlab yo‘lga tushganda, qiyinchiliklar, albatta, uchraydi. U shu vaqtgacha duch kelgan qiyinchiliklarining hammasi yaxshilikcha hal bo‘lgan yoki yaxshilikka xizmat qilgan. U qishloq xo‘jaligining biznes yo‘nalishida professional bo‘lishni orzu qiladi. Eng katta maqsadi esa, Silikon vodiysidagi kabi gigant startap eko-tizimini yaratishdir.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – Germaniyaga mutaxasisligi bo‘yicha praktikaga borish, “Hero Light Group” tarkibida eko volontyorlik guruhini tashkil qilish va loyihalarga start berish. Shuningdek, “Kaktus plantatsiya” loyihasini yakuniga yetkazib, yangi maqsadlar tuzish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Shaxsiyatga bildirilgan fikrlar

Past baho berilganlar-chi?
Mehr-oqibat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Injiq, ta’sirchan, va juda zo‘r do‘st

Hayotdagi shioringiz qanday?
Ko‘ngil xudoda bo‘lsin-u, qo’l ish bilan band bo‘lsin

Instagram sahifasi: @ravshanxalilov_official