Uralova Charos

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • Samarqand davlat chet tillar instituti
  • Agar hamma narsasi bo‘lsa, o‘qituvchi bo‘lib, insonlarga bilim ulashar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Charos Samarqand davlat chet tillar instituti 4-bosqich talabasi. Tanlovlar va konferensiyalarda faol qatnashadi. Xorijliklar bilan imkoni boricha ko‘proq muloqot qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan gidlik guvohnomasiga ega, chet ellik va ichki turizm sayyohlariga yurtimiz madaniyati va tarixiy obidalarini tanishtirish, ziyorat turizmi bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, ilmiy izlanishlar olib boradi, 70 ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro nufuzli jurnallarda, 10 dan ortiq kitoblari xalqaro va milliy nashriyotlarda chop etilgan. “Ispanrus-ingliz lug‘at” mobil ilovasiga Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqi olgan. Bo‘sh vaqtida qo‘shimcha darslar o‘tadi. O‘zMTDP va Respublika yosh olimlar Kengashi a’zosi.

TARJIMON BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Charos yoshlarni bilim olishga qiziqtirish, ortidan ergashtirish, yurtimizda yangi loyihalar yaratish ilm-fanni rivojlantirishga hissasini qo‘shish, mamlakatni dunyoga tanitish uchun shu sohani tanlagan. Bolaligida badiiy va ilmiy kitoblar o‘qishga juda ham qiziqqan. Osiyo Yoshlar Konferensiyasi, Yoshlar Forumi va boshqa Respublika konferensiyalarida faol qatnashgan. Filologiya, tarjimonlik va axborot texnologiyalari sohalarida professional bo‘lishni istaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Olimpiadalarda qatnashib faxrli o‘rinlar olgan. Keyin o‘qishga kirishga tayyorlangan. Onasidan boshqa hamma “O‘qib nima qilasan, baribir o‘qishga kira olmaysan” deyishgan. Lekin onasi unga dalda bo‘lgan va davlat granti asosida yuqori ball bilan o‘qishga kirgan. Tuni bilan o‘qigan va izlangan. Bir nimani o‘rganmagunicha uxlay olmagan va shu sabab ko‘z nuri tushib ketgan. Yaqinda ko‘zini operatsiya qilishiga to‘g‘ri keldi. Bu uning uchun oson bo‘lmadi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Charosning kelgusidasi maqsadlari – turizmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish, Zulfiya mukofoti sovrindori bo‘lish, magistraturada o‘qish, o‘zbek durdona asarlarini tarjima qilib dunyoga ko‘rsatish va o‘zbek tilini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Soxta yutuqlar

Past baho berilganlar-chi?
Odamlarning muammolari

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
“Hech o‘qib tinchimaydi“, deb ta’rif berishadi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Senga havas qilishsin, hasad qilishsin, ammo hech qachon rahmilari kelib achinishmasin!

Instagram sahifasi: @uralova_charos