To‘rayev Botirjon

  • 26 yosh
  • Bakalavr
  • O‘qituvchi
  • Namangan davlat universiteti
  • Xalqaro va republika miqyosidagi jurnal va konferensiyalarda 37ta maqola va tezislar muallif
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Botirjon ustozi bilan hamkorlikda “Boshlang‘ich ta’limda ekologik ta‘lim va tarbiya” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Bu ilmiy ish yoshlarda ona tabiatni asrash, uni kelajak avlodga eson-omon yetkazish, ularga yoshligidan tabiatga oqilona muomalada bo‘lish kerakligi, buning natijasida tabiatni asrab qolishimiz mumkinligi haqida.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Botirjon kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallashni niyat qilgan, shuning uchun u bu yo‘nalishda astoydil harakat qilmoqda. “Lambert” nashriyotida “Tabiatshunoslik fanidan izohli lug‘at” hamda “Boshlang‘ich ta’limda ekologik ta’lim va tarbiya” nomli uslubiy qo‘llanmalari nashr qilingan. Bu uslubiy qo‘llanma dunyoning 5ta tiliga tarjima qilingan. Xalqaro va republika miqyosidagi jurnal va konferensiyalarda qator maqola va tezislar muallifi. “Yil talabasi – 2021” ko‘rik tanlovining universitet bosqichida II o‘rinni qo‘lga kiritgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘qishga kirish mobaynida o‘zi istab yaqin insonlariga vaqtini kamroq ajratgan. Asosiy vaqtini bilim olishga sarflagan. Botirjon doimo o‘z ustida ishlash orqali kelib chiqqan muammolarning oldini olishga harakat qiladi. Hayotda intilib, harakat qilib, yaxshilik qilib yashash kerak, vaqti kelib o‘tmishga qaraganda, undan inson degan iz qolishi kerak, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – o‘z kasbini chuqur o‘rganib, chet tillarni mukammal egallashdir. Shuningdek, u bolalarga kelajakda o‘z o‘rnini topishlariga yordam berish niyatida.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Internetdagi salbiy fikrlar

Past baho berilganlarchi?
Sabr bilan harakat qilish

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Kelajakda o‘qituvchi bo‘lishim bois, domla deb atashadi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Sabr bilan harakat qilish. Daraxt ham bir kunda ko’karmaydi

Instagram sahifasi: @turaevbotirjon