Raximberdiyeva Regina

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Rassom, liboslar dizayneri
  • AICP- Parij xalqaro liboslarni moddellashtrish va konstruksiyalash akademiyasi
  • Koreya va O‘zbekiston hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rini egallab, 1500$ pul mukofotiga ega bolgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Regina rassomchilik va liboslar yaratish bilan shug‘ullanadi. O‘qishidan tashqari o‘z bilimlarini o‘quvchilariga o‘rgatadi. Brendi uchun yangi liboslar yaratib xalqqa namoyish etadi. Yangi g‘oyalari bilan moda ko‘rgazmalarida qatnashadi. Bo‘sh vaqtida esa chet tillarini o‘rganish bilan shug‘ulladi. UNESCO tomonidan o‘tkazilgan “The planet of art” tanlovida 1 dona rasmi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, to‘liq moliyalashtirilgan holda, Qozog‘izton poytaxtini kezish, turli davlatlardan kelgan ishtrokchilar bilan do‘stlashib, turli mahorat darslarida qatnashish imkoniga ega bolgan.

DIZAYNER BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Bu sohaga qiziqishi Reginada bolalik davridan uyg‘ongan. Yutuqlari boshqalarni harakat qilishga turtki bolishiga intiladi. Jahon miqyosidagi tanlovlarda qozongan g‘alabalari O‘zbekiston nomini tanitishga va yoshlarining imkoniyatlarini ko‘rsatishga yordam berishiga ishonadi. Kelajakda u sevgan moda yo‘nalishini jahon miqyosida rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib, necha asrlar davomida saqlanib kelayotgan milliy mato va taqinchoqlarimizning chiroy va imkoniyatlarini dunyoga tanitishni rejalashtirgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

5 yoshidan san’at maktabiga qatnab, eng ko‘p vaqtini o‘zini ustida ishlashga sarflagan. Kutilgan natijalarga erisha olmaganida ham, umidni yo‘qotmasdan maqsadiga erishishda yordam beruvchi har qanday imkoniyatdan unumli foydalanib qolishga intilgan. Ba’zan dam olmasdan ham maqsadiga erishishga intilgan. Hayotda odamlarning o‘ziga bolgan ishonchi yetishmasligi, ularni ko‘p imkoniyatlardan cheklaydi, deb hisoblaydi. Hamma narsani bir vaqtning o‘zida qilishga harakat qilmasdan, muhimlik darajasiga qarab rejalashtrib, qadama-qadam ularni amalga oshrish kerakligi, insonni ko‘p qiyichiliklardan saqlashi mumkin, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Regina o‘z sohasi bo‘yicha modaning markazi bo‘lmish Fransiyada tahsil olishni maqsad qilgan. Jahonga mashhur moda uylaridan birida malaka oshirish, hamda olgan bilimlari orqali shaxsiy moda uyini ochish va brendini dunyoga tanitishni rejalashtirgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Kibr, tashqi go‘zallik

Past baho berilganlar-chi?
Insonning o‘ziga bergan past bahosi

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Har doim yordam berishga tayyor, tashabusskor

Hayotdagi shioringiz qanday?
Har qanaqa vaziyatda ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik kerak

Instagram sahifasi: @regina_olimovna