Rajabova Iroda

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Bo‘lg‘usi shifokor
  • Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
  • Qilichbozlik va badiiy gimnastika sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Iroda tibbiyot sohasida faoliyat yuritadi. Tibbiyot va oila sohasida professional bo‘lishni istaydi, chunki oilani ham bir ilm deb hisoblaydi. Hayotida hamma narsa bo‘lsa ham, hozirgidagi kabi dunyo ilmlarini o‘rganishni davom etar edi.

SHIFOKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Tibbiyot – inson yaralibdiki unga kerak. Sababi, dunyo faqat inson populyatsiyasidan iborat emas. Tiriklik borki – kasalliklar ham bo‘ladi. Rivojlanish esa faqat odamlarda emas barcha tiriklikda va kasalliklarda ham bor. Shuning uchun zamonlar ortda qolsa-da, tibbiyot ilgarilayveradi. Sababi, u – insonlar uchun eng manfaatli soha! Hozirgi yashayotgan hayotda tug‘ilganligini yutug‘i deb biladi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Uyqusiz tunlar, ko‘plab adolatsizliklar, keraksiz mag‘lubiyatlar va tinimsiz ko‘p kitob o‘qish kabi qiyinchiliklarga uchragan. Lekin bularning barchasini baribir zavqli deb hisoblaydi. Talabalar va o‘qituvchilar, oliygoh ma’muriyati o‘rtasida ko‘prik bo‘lganligini o‘zining liderlik hislatlariga bog‘laydi. Tadbirlar, kechalar va muhim vazifalar kattalar tomonidan aynan unga topshirilishi, o‘z guruhini tuzib, ortidan o‘zi kabi yoshlarni ergashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Iroda birinchi navbatda davlatimizga xizmat qilib, tarixda qoladigan shaxslarning onasi bo‘lishni maqsadi deb biladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, albatta, bu qiziq tuyulishi mumkin, lekin uning bir o‘zi foyda keltirganidan ko‘ra, xuddi shunday bir nechta inson bo‘lgani – nur ustiga a’lo nur bo‘ladi, deb hisoblaydi. Shuningdek, Iroda O‘zbekiston tibbiyotini rivojlantirishda hissador bo‘lishni maqsad qilgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
San’at, majlislar, unvonlar

Past baho berilganlar-chi?
Ta’lim tizimi va tibbiyot

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Vatanparvar, topshirilgan vazifani puxta va qisqa fursatda bajaruvchi chaqqon

Hayotdagi shioringiz qanday?
Ilojsiz ishning o’zi yo’q va intilganga tole yor!