Qosimjonova Hamidaxon

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • Fizika fani o‘qituvchisi
  • Andijon davlat universiteti
  • O‘tmishga qayta olsa, Albert Eynshteyn bilan uchrashib, unga “Nega E=mc2 formulasini yaratganingizdan afsuslanasiz?”, deb savol bergan bo‘lar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Hamidaxon Andijon davlat universitetining fizika-matematika fakulteti, fizika ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. U kelgusida fizika fanidan o‘qituvchi bo‘lish niyatida. Bolalarga chaqmoq chaqishi, chiroqni qanday yonishi, televizorni nega ko‘rsatishi, tabiatdagi barcha hodisalarni o‘rgatuvchi fizika fani nimaligini o‘rgatib, shu fandan dars o‘tib, yangi ixtirolarni amalga oshirmoqchi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Hamidaxon fizika fanini IT texnologiyalar bilan bog‘lab o‘rgatishni samarali va intensiv usullarini ishlab chiqib, bu bilimlarni yurtimizda yana ham kengaytirib, bu fanni rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish uchun shu sohani tanlagan. U Andijon viloyati “Qizlar ovozi” klubining “AKT va dasturlash” yo‘nalishi koordinatori. Andijon davlat universitetidagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasi tadqiqotchisi. Dasturiy ta’minot uchun 1 ta guvohnoma, 9 ta xalqaro va 11 ta respublika jurnali, 3 ta xalqaro va 7 ta respublika konferensiyalari to‘plamlaridagi ilmiy maqolalar muallifi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Moliyaviy qiyinchiliklarni, dangasalikni, chetdagi insonlarning unga qarshi fikrlarini sabr bilan yengib kelishini uchragan qiyinchiliklar qatoriga qo‘shadi. Hamidaxon o‘z izlanishlari bilan fizika sohasini IT sohasi bilan mujassamlash orqali ta’lim berishda yangi pedagogik texnologiyalar ishlab chiqishni rejalashtirgan. Agar bu dunyoda hamma narsasi bo‘lganida, eng avvalo shukr qilib, ilm olishga qiynaluvchi insonlarga va sog‘lig‘i uchun pulga muhtoj insonlarga yordam berish bilan shug‘ullanar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Hamidaxonning maqsadlari – ingliz tilidan IELTS olish, dasturlash tilini mukammal o‘rganish, chet elda magistra – turada grant yutib o‘qish. Chunki bu uning dunyoqarashini yanada oshirib, ilmiy izlanishlari uchun katta foyda keltirishiga ishonadi. Yurtda va dunyo bo‘yicha o‘z sohasi yo‘nalishida o‘tkaziladigan loyihalarda qatnashish va otaonasi doimo faxrlanadigan qiz bo‘lishni orzu qiladi.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Manmanlik, kibr

Past baho berilganlarchi?
Sog‘lik va yuksak ma’naviyatli insonlar

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Mehnatkash, kechirimli, qiziquvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Doimo sabr bilan ilm ol, harakatdan to‘xtama, aks holda hayot ham to’xtaydi!