Qiyomova Marjona

  • 20 yosh
  • Magistr
  • Shifokor
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Adabiyotga qiziqib she’r va maqolalar yozib turadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Marjona Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil oladi. Kelajakda tajribali shifokor bo‘lish uchun doimo o‘z ustida ish olib boradi. Tibbiyot sohasini dastlabki bosqichlaridan o‘rgangan. Tibbiyot kollejini imtiyozli qizil diplomga tugatgan. Shuningdek, bir yil davomida veterinariya sohasida ham o‘qib, ishlagan.

TIBBIYOT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Marjona bolaligidan tibbiyot sohasiga qiziqqanligi sababli, shu sohani boshidan kollej davridan tanlab, o‘rganib kelgan. O‘zi tanlagan kasb yoshlarni to‘g‘ri va haqiqiy, eng muhimi, foydali, yaxshi ishlarga undashga sababchi bo‘ladi, deb hisoblaydi. Marjonaning ijtimoiy-siyosiy sohaga ham qiziqishi yuqori: bugunda XDP Parkent tumani Yoshlar qanoti raisi, Yoshlar parlamenti maktabi a’zosidir. Adabiyotga qiziqishi borligi sababli, ijod sohasida ham faoliyat olib borib, she’rlar va maqolalar yozadi va ular gazeta va jurnallarda chop etilgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Har bir ish va o‘qish oldidagi to‘siqlarni sabr, ilm va ota-onasi, yaqinlarining duosi orqali yengib o‘tgan. Hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilib kelmoqda. Agar hamma narsasi bo‘lsa, u faqat ilm olish va yangi sohalarni o‘rganish bilan shug‘ullangan bo‘lar edi. Hayotda mehrni yetkazib berish yetishmaydi, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Marjonaning kelgusidasi maqsadlari – xalqimizga yordam bera oladigan, halol inson bo‘lishdir.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Mansab, boylik, shou-media yulduzlari

Past baho berilganlar-chi?
Kamtarinlik, oddiylik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Qanday ta’rif berishsa ham, bu ularning fikri

Hayotdagi shioringiz qanday?
Oddiylik – go’zallikdir, harakat – barokatdir!

Instagram sahifasi: @qiyomova_marjona