- 23 yosh
- Bakalavr
- Agronom
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
- Volontyor
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?
Abdumomin Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ta’lim olmoqda. U o‘z sohasida rivojlanish bilan bir qatorda, yoshlar uchun foydasi teguvchi loyihalar ustida ishlab kelmoqda. Yetakchiligi namoyon bo‘lgan hikoya sifatida o‘z fakultetini beshinchi o‘rindan birinchi o‘ringa olib chiqqanini eslaydi. Buning uchun u jamoa tuzib, har tomonlama izlanishlar olib borgan.
AGRONOM BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?
Agronom bo‘lishga istagi, ona tabiat, o‘simlik va daraxtlarga bo‘lgan mehr va qiziqish undagan. Abdumomin hozirda fakultet yoshlar yetakchisi, yoshlar elchisi va yil talabasi. Bundan tashqari uning shaxsiy blogi bor. Unda 2000 dan ziyod obunachilari bor. Ular har xil viloyatlardan qiziquvchan yoshlar, undan tashqari “Yoshlardan yoshlarga” bilim loyihasida 700 dan ortiq obunachilari bor, ulardan 400 dan ortig‘i guruhlarda ingliz tilini o‘rganishmoqda.
QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?
Abdumominning qiyinchiliklarni yengib o‘tishda o‘z formulasi bor: mehnat+izlanish+ortiqcha odatlardan voz kechish = natija. Agar o‘tmishdagi o‘zi bilan ko‘rishganida, sen to‘g‘ri yo‘ldasan, qiyinchiliklar keladi, ularni, albatta, yengasan, tushkunlikka tushmasang bo‘ldi, degan bo‘lar edi .
KELAJAKDAGI MAQSADLARI
Abdumominning maqsadlari va loyihalari ko‘p, hozirda “Yoshlardan yoshlarga” bilim loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu loyiha asosida barcha yoshlar uchun kerakli sohalarda bepul kurslar tashkil etish niyatida.
Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Kibr
Past baho berilganlarchi?
Sabr
Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Mehribon, lider, faol talaba
Hayotdagi shioringiz qanday?
Yanada ko’proq harakat, kamroq hordiq
Instagram sahifasi: @abdumomin_kirgizov