O‘tanazarova Yulduz

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • Termiz davlat universiteti
  • Agar hamma narsasi bo‘lsa, o‘qituvchi bo‘lib, bor bilimini atrofidagi shogirdlariga o‘rgatgan bo‘lar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Hozirda IT (Axborot texnologiyalari) sohasi O‘zbekistonda keng rivojlanmoqda. Yulduzning fikricha, maktabda o‘tilayotgan matematika darslari o‘quvchilar uchun yetarlicha qiziqarli emas. Matematikasiz olamni tasavvur qilish qiyin, shuning uchun u hozirda o‘z ilmiy ishlarida matematikani modellashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ya‘ni matematikadagi barcha jismlarni shaklini, ko‘rinishini, tomonlarini o‘quvchilar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tasavvur qilishlarini istaydi va bu albatta yosh o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.

IT-MUTAXASSIS BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Yulduz hamma uchun qiziqarli bo‘ladigan dasturlarni yaratishga qiziqadi. O‘z sohasi bo‘yicha 30 ga yaqin chop etilgan ilmiy ishlari, 2 ta Germaniyada va Latviyada chop etilgan kitoblari mavjud. Termiz davlat universitetida tashkil etilgan tanlovning eng yaxshi dasturchi nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin sohibasi. “Yil talabasi-2021” tanlovining Termiz davlat universitetida “Yilning eng yaxshi ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘z ustida ishlab, kech uxlab, erta turib, o‘qigan. Bilganini kursdoshlariga o‘rgatib, bilmaganlarini esa ustozlaridan so‘rab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan. Har doim o‘ziga yangi motivatsiyalar topgan, ota-onasining undan umidlari katta ekanligini bir daqiqa ham unutmagan va bu uni hamisha oldinga intilishiga yordam bergan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Yulduzning kelgusidagi maqsadlari – har bir maktabda matematikani modellashtirish orqali darslarni o‘tish, o‘quvchilarni bilimini oshirish va eng yaxshi dasturchi bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Insonlarga, ularning bilimiga, ularning ko‘rinishiga berilgan baholar ortiqcha

Past baho berilganlar-chi?
Korrupsiyaga qarshi kurash

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Mehnatkash, aqlli, talabchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hodisalarga nisbatan qattiq, muammolarga nisbatan shiddatli va bo’ronlarga nisbatan kuchli bo’lmoq