Olimova Nazira

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • Talabalarning o‘zinio‘zi boshqaruv kengashi prezidenti
  • Toshkent davlat transport universiteti
  • Agar hamma narsasi bo‘lsa, sayohat va ijtimoiy yo‘nalishda volontyorlik qilgan bo‘lar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Nazira Toshkent davlat transport universitetining so‘ngi bosqichida tahsil olmoqda. Keyin esa magistraturaga kirish niyatida. Kelajakda tadbirlarni tashkillashtirish va media sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida harakat qilmoqda. Qiz bola bo‘lishiga qaramay, transport universitetida bo‘lib o‘tgan saylovda yutib chiqib, talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruv kengashi prezidenti etib saylangan.

TASHKILOTCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Naziraning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va jamoa bilan ishlay olishi o‘zi yoqtirgan faoliyat bilan shug‘ullanishiga turtki bo‘lgan. Hozirda u talabalar kengashi prezidentligidan tashqari xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ham faoliyat yuritadi. Shuningdek, u respublika bo‘ylab “5 tashabbus – 5 imkon” loyihasiga asos solgan va respublika “Kreativ yoshlar forumi 2” tashkilotchisi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Avvalo, o‘zidagi barcha narsani orqaga tashlash (o‘z vaqtida bajarmaslik)ni yengishi bilan, yo‘q deyishni o‘rganishi hamda ikkilangan narsalarini so‘rashdan va maslahat olishga intilishi bilan ushbu darajaga yetishishini tezlashtirgan, deb hisoblaydi. Nazira professional bo‘lishni istaydigan soha – bu ijtimoy sohada kreativlik hamda tadbirlarni tashkillashtirish va media sohasini xalqaro darajada egallash.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning bo‘lg‘usi maqsadlari – magistraturada tahsil olib, ilmiy yo’nalishini mustahkamlash. Yuqorida aytgan sohasi bo‘yicha o‘zini rivojlantirish va dars berish bilan birgalikda tipografiya va poligrafiya bilan shug‘ullana oluvchi kuchli jamoa tuzishdir. Shuningdek, u dunyo kezish va sayohatlar qilishni maqsad qilgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Band bo‘lish

Past baho berilganlar-chi?
Ishonch

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Pozitiv, maslahatgo‘y, chaqqon

Hayotdagi shioringiz qanday?
Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, o‘zgalarni muhokama qilmay, qalbda iymon bilan yashash

Instagram sahifasi: @nazira_nurmurodovna