Mustafoev Jasur

  • 27 yosh
  • Bakalavr
  • Muhandis
  • Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
  • Kelajakda o‘z uchish apparatini yaratishni rejalashtirgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Jasur muhandislik sohasida faoliyat olib boradi. Vatanimizning, respublikamizning osoyishta farovonligi yo‘lida xizmat qiluvchi DXX, IIV, Milliy Gvardiya va boshqa tashkilotlar uchun maxsus avtotransport vositalarini jihozlash, loyihalashtirish bilan va ularning to‘liqligicha foydalanishga topshirish bilan shug‘ullanadi. Bu faoliyatni mahalliy sharoitda mamlakatning ichki potensialiga tayanib, loyihalash va ishlab chiqarishni tashkil etgan.

MUHANDIS BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Jasur yoshligidan bu sohaga katta qiziqish bildirgan. Oliy ta’lim muassasiga g‘oyalari va bilimiga tayanib grant asosida qabul qilingan. O‘z hobbisini pulga sotayotgani va bu unga katta foyda keltirayotganini yutug‘i deb hisoblaydi. Uning shaxsiy va istiqbolli loyihalar bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi mavjud. Kompaniyasining ustav bo‘yicha ikkinchi yo‘nalishi avtotransportlarga GPS nazorat uskunasini o‘rnatish bo‘lib respublikamizning barcha hududlarida montaj ishlarini olib boradi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Tugallanmagan bakalavr darajasiga ega bo‘lishiga qaramasdan, yetakchi muhandislar, ustozlari bergan bilim va ko‘nikmalar hamda iqtidoriga tayanib, barcha loyihalarda muammoga duch kelganida alternativ g‘oya izlab ularni tezlik bilan hal qila oladi. Noqulay ob-havoga qaramasdan yoki ekstrimal cho‘l va tog‘ hududlaridagi maxsus texnika vositalariga GPS qurilmalarini o‘rnatish jarayonida o‘zi ham ishchilari bilan birgalikda ish olib boradi. Bu hamma jamoaga qo‘shimcha ertangi kunga ishonch va bir tan-u bir jon bo‘lib rivojlanishlariga o‘zining katta hissasini qo‘shadi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Jasurning maqsadi – aerokosmik texnika va texnologiyalar sohasi bo‘yicha professional bo‘lish va yaqin kelajakda mudofaa va fuqaro aviatsiyasi uchun mo‘ljallangan o‘z uchish apparatini yaratish

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Elektromobillar istiqboli

Past baho berilganlar-chi?
Atom energiyasi

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Chin va jonkuyar do‘st

Hayotdagi shioringiz qanday?
Mas’uliyatsizlik qashshoqlikning mevasidir

Instagram sahifasi: @jmgmuzauto