Mirkhujaev Abdusalom

  • 19 yosh
  • Bakalavr
  • Metallurgiya va IT sohasi
  • MTTU «MISIS“ Olmaliqfiliali
  • Sakkizta oliy o‘quv yurtiga birdaniga grant asosida kirgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Abdusalomning yo‘nalishi metallurgiya bo‘lishiga qaramay, IT sohasining 6 ta yo‘nalishini chuqur o‘rganib, bir nechta mutaxassis (Grafika va dizayn, SMM, Digital marketing, 3D grafika, Mobilografiya va Dasturlash) sertifikatlariga ega. Shu bilan birga hali ham izlanishda davom etmoqda. O‘z faoliyati haqida kichik ukasiga oson tilda tushirmoqchi bo‘sa “Sen ko‘chada o‘ynab yuradigan qumni ichidan tilla qazib olaman” deb aytgan bo‘lardi.

METALLURG BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Abdusalom ham IT, ham Kimyo texnologiyalari (Metallurgiya, Texnolog) sohalariga bir hil qiziqishi bo‘lgani sababli, u ikkala sohani ham tanlashga qaror qilgan. Bir-biriga zid sohalar bo‘lishiga qaramay, ikkalasini ham bir xil o‘rganib bora olmoqda. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, malakali texnolog va IT mutaxassis bo‘lishiga ishonadi va inson faqat bir yo‘nalishda to‘xtab qolishi kerak emas, deb xisoblaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni o‘qish va izlanishlar bilan yengib o‘tgan. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, u katta qiyinchiliklarga uchramagan. Chunki qiziqqan sohasini o‘rganish uchun insonga nimadir to‘siq bo‘la oladi, deb o‘ylamaydi. Bir necha oliygohlarga grant asosida qabul qilinganini, o‘z tengqurlariga nisbatan juda ham band bo‘lgani va bir necha kichik, rivojlanib kelayotgan bizneslarni egasi ekanligini liderlik xislatlari deb biladi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Abdusalomning maqsadlari – endigina rivojlanib kelayotgan bizneslarini rivojlantirish, g‘oyalarini amalga oshirish (investor topish), o‘z sohasining mukammal mutaxassisi bo‘lish. O‘z tajribalarini, bilimini O‘zbekiston yoshlariga mutlaqo bepul o‘rgatish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Pul, diplom, chet elda yashash

Past baho berilganlar-chi?
Tinchlik, sog‘lik, aql

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Harakatdan to‘xtamaydi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Inson qilgan ishni inson qiladi

Instagram sahifasi: @mirkhujaev1