Meliquziyev Murodbek

  • 25 yosh
  • Bakalavr
  • Harbiy
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
  • Agar kelajakda barcha imkoniyatlari bo‘lsa, bepul davolovchi shifoxonalar ochishni niyat qilgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Murodbek ayni damda harbiy ta’lim olish bilan shug‘ullanadi. Kelajakda yetuk ofitser kadr bo‘lib yetishishni orzu qiladi. U sport bilan shug‘ullanadi. 2019-yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan “K-1“ (kikboksing) bo‘yicha Osiyo chempionatida 1-o‘rin sohibi. 2020-yil “INNOWEEK-2020” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Innovatsion rivojlantirish vaziri tomonidan sertifikat olgan. 2021-yil ingliz tilida o‘tkazilgan “Dunyodagi harbiy innovatsion texnologiyalar va harbiy san’atning bugungi holati” ko‘rik tanlovining 1-o‘rin sohibi.

HARBIY BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Murodbek bolaligida akasiga havas qilgan. U ham akasi kabi harbiy bo‘lishni orzu qilgan. Akasining harbiy kiyimlarini kiyib ko‘rar edi. Uning o‘ylashicha, bola doimo ko‘rganlarini takrorlashga harakat qiladi. “Bolalarning mitti qalbida Vatan nima, tinchlik qanchalar oliy ne’mat ekani haqida zarracha taassurot uyg‘ota olsam, yurtimizda o‘sib kelayotgan millionlab bolalardan birining kelajagi uchun, bu orqali yurtimiz manfaati uchun ulkan hissa qo‘shgan bo‘laman”, – deb hisoblaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘z sohasi bilan bog‘liq qiyinchliklarni saboq bilan yengish, tinimsiz mehnat va uyqusiz tunlarda ota-onasi, oilasining sog‘inchi, maqsadi sari mavjud imkoniyatlardan keng foydalangan holda, har bir soniyada o‘zini muntazam rivojlantirishga intilish orqali qiyinchiliklardan o‘tib kelmoqda. Harbiy institutdagi do‘stlari bilan komandirlari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq duch kelingan qiyinchiliklarda aniq reja va maqsadni o‘rtaga qo‘ygan holda, do‘stlarini bir maqsad sari yo‘naltirib kelmoqda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – kelajakda yetuk ofitser bo‘lib yetishgan holda, yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shish. 2022-yilda o‘zining loyihasini amalga oshirish va uni butun Qurolli Kuchlar faoliyatida tatbiq etish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Tajriba, kuch, bilim

Past baho berilganlar-chi?
Imkoniyatlar, iqtidor, malaka

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Aniq maqsad va unga erishish uchun o‘ylangan rejaga ega

Hayotdagi shioringiz qanday?
Muvaffaqqiyatga erishishning yo‘li 99% mehnat va 1% iste’dod

Instagram sahifasi: @Murodbek_Shuhratjonovich