Masharipova Guli

  • 23 yosh
  • Magistr
  • Ta’lim sohasi
  • Urganch davlat universiteti
  • 3 yildan buyon 20 dan ortiq IELTS imtihonlarida nazoratchi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Guli o‘qituvchilik sohasiga qiziqadi va ta’lim sohasida rivojlanmoqda. AQShda 3 ta kitobi: 1 ta tarjima asar (Sulton Jaloliddin Manguberdi), 1 ta psixologiyaga doir qo‘llanma (The World), 1 ta lingvistikaga doir asar (Reach Zenith) chop qildirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida o‘zining ilk romanini nashr qildirgan va dunyoning bir qancha davlatlarida, xususan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Barselona, Polsha, Ukraina, Rossiya, Hindiston va boshqalarda 30 ga yaqin maqolalari chop etilgan.

TA’LIM SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Aynan yoshlarni milliy va xalqaro darajadagi kadr sifatida tayyorlash bilan birga, yoshlarni ko‘r-ko‘rona kasb tanlash, “yaxshi oylik” va “statusi baland” kabi tushunchalar ortidan quvmasligi uchun aynan o‘qituvchilarning roli katta, deb hisoblaydi. Shuning uchun u bu yo‘nalishni tanlagan. IELTS xalqaro testida 7.5 darajani qo‘lga kiritib, nazoratchi sifatida IDP Australia xalqaro test markaziga ishga taklif qilingan va 3 yildan buyon 20 dan ortiq IELTS imtihonlarida nazoratchi bo‘lib kelmoqda; bu sertifikat bilan birga SDG South Korea yozgi oromgohiga chipta yutib olgan, hozirda Xorazm viloyatida o‘zining til markazini ochib, ish-faoliyatini olib bormoqda.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Biror kattaroq loyiha qilishdan oldin bu g‘oya u darajada o‘xshamaydigandek tuyulardi. Ko‘p insonlar ham buning shundayligini ta’kidlashgan. Xususan, o‘zining birinchi sur’atlar galleriyasini o‘tkazmoqchi bo‘lganida, unga ishonishmagan. Ikkinchi qiyinchilik asosan, o‘zbek mentalitetiga bog‘langan. Uning fikricha, buning sababi qizlarning chet davlatga borishi va xattoki orzu qilishi qiyin bo‘lgan jamiyatda yashashimiz. Aynan til sohasida tahsil olgandan keyin, o‘sha davlat urfodatlarini va madaniyatini ko‘rishga bo‘lgan katta ishtiyoq uyg‘onishi bu tabiiy. Uning ham ota-onasi chet el universitetida tahsil olishiga qarshilik bildirishgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Gulining kelgusidasi maqsadlari – bu o‘zining xususiy maktabini ochish, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona Universitetida lingvistika bo‘yicha PhD darajasini qo‘lga kiritish va o‘zining yangi ikkinchi Osiyo xalqlari turmush tarzi haqida gapiradigan romanini chop qildirish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Yulduzlar hayoti

Past baho berilganlarchi?
Olimlar hayoti

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Xushchaqchaq va boshqalarga yordam beradigan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Majburiyat uchun emas, balki muhabbat bilan qil

Instagram sahifasi: @guli._.masharipova