Mamasoliyeva Shaxrizoda

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • Huquqshunos
  • Toshkent davlat yuridik universiteti
  • Ko‘chirtirishni yomon ko‘radi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Shaxrizoda huquqshunoslik kasbini tanlagan. Bu insonlarning farovon va adolatli hayotda yashashini ta’minlaydi. Chunki, huquqshunosning asosiy faoliyati bu inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi, buzilgan huquqlarini tiklaydi. Shuningdek, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini shakllantirish hamda oshirishga yordam beradi.

HUQUQSHUNOS BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Dadasi uning huquqshunos bo‘lishi uchun universitetga topshirishiga ruxsat bermagani va qizlarning joyi faqatgina oshxonada ekanligi haqidagi fikrini o‘zgartir uchun Shaxrizoda huquqshunos bo‘lib shakllanishga qaror qilgan. Shu vaqtgacha o‘qishda va akademik faoliyatidan tashqari erishgan yutuqlari bisyor. Ulardan biri – 2021-yilda Yaponiyaning UJOLS jurnali va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida o‘tkazilgan UJOLS grantida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bir yillik kontrakt summasini yutib olganligi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Juda ko‘plab grantlar va tanlovlarda mag‘lub bo‘lganligi haqidagi xabarlar bilan elektron pochtasining to‘lib ketganligi: SUSI, Self-defense kurslari, milliy va xalqaro maqolalar tanlovi va hokazolar. Shuningdek, u universitetida Legal Writing nomli klub ochmoqchi bo‘lganida moliyaviy yordam olish bo‘yicha qiyinchiliklarga uchragan. Lekin, shunga qaramay, uning bugungi kundagi huquqshunos bo‘lib shakllanishiga bu qiyinchiliklar unga yordam bergan, deb hisoblaydi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Shaxrizodaning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish. Buning uchun “GIRLS UP” loyihasi doirasida ayollarni oliy ta’limga jalb qilish va ularning iqtidorini namoyish qilishini moliyaviy qo‘llabquvvatlashni rejalashtirgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Universitet diplomini olish bosimi, birinchi bo‘lishga urinish, jamoatchilik fikri

Past baho berilganlar-chi?
Qizlar ta’limi, standart sog‘liqni saqlash muassasalari

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Ochiqko‘ngil, mas’uliyatli va tashabbuskor

Hayotdagi shioringiz qanday?
Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q

Instagram sahifasi: @sha_xrizoda_