Klimentova Zilola

  • 20 yosh
  • Bakalavr
  • O‘qituvchi
  • Buxoro davlat universiteti
  • Yugurish va karate bo‘yicha viloyatlar g‘olibasi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Zilola Buxoro davlat universitetining endigina 2-bosqichi talabasi bo‘lishiga qaramay, maktabda Mental arifmetika, Rus tili, Ingliz tili, Fransuz tili fanlaridan dars beradi. Kitob o‘qishni, o‘z ustida doimiy ishlashni, o‘qituvchilik qilishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u sport bilan ham shug‘ullanadi va musobaqalarda ishtirok etib g‘olib bo‘ladi.

O‘QITUVCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Zilola yoshligidan bilim kuchini naqadar muhimligini bilib, bolalarga bilim ulashish ishtiyoqida bo‘lgan. Balog‘atga yetmagan bolalar bilan kuch g‘ayrat bilan ishlab, energiya bilan ko‘zi yonib ularni diqqatini jamlay olishni haqiqiy yetakchilik deb biladi. Asosiy faoliyatidan tashqari, Zilola maqolalar ham yozadi. Uning ikkita maqolasi Polsha gazetasida chop etilgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Davomiy o‘z ustida ishlagan va o‘zi uchun mos atmosfera yaratgan, yana uning uchun eng muhimi oilasidagi muhit qiyinchiliklarni yengib o‘tishda rol o‘ynagan. Agar hamma narsasi bo‘lganida, ta’limdagi jarayonlarga e’tibor qaratib, chet el ta’limini yo‘lga qo‘ygan bo‘lar edi. Kutubxonalar ochib hammani jalb qilar edi. Shuningdek, sport maydonchalari ham ochar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Azizaning kelgusidasi maqsadi – bolalarni o‘qitib , sifatli ta’lim berish. Toki ular katta bo‘lganlarida o‘z hayot yo‘llarini qura olishlarini istaydi va bolalarning kelajakda yurtga foydasi tegsa, u o‘zini baxtiyor his qilgan bo‘lardi. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda, Rektor stipendiyasini olish niyatida.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Pul, boylik, mol-dunyo

Past baho berilganlar-chi?
Qadr-qimmat

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Harakatchan, tirishqoq, chiroyli

Hayotdagi shioringiz qanday?
Har bir soniyani qadriga yet, o‘qi, izlan, xato qil

Instagram sahifasi: @zilolaklimentova