Jo‘raqulova Marjona

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Ta’lim sohasida tashabbuskor
  • Qarshi davlat universiteti, Pedagogika instituti
  • O‘tmishga qaytish imkoni bo‘lsa, Amir Temur bilan ko‘rishishni istar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Marjona mamlakatimizdagi yagona bolalar tashkiloti – “Kamalak”da faoliyat yuritadi. U yerda u yillar davomida – sinf, maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika sardori bo‘lgan. Mehnatlarining samarasi, mamalakatimizdagi ilk qiz bola respublika “Ittifoq” sardori bo‘ldi. Qashqadaryodan poytaxtga kelib, ota-onasisiz mustaqil hayot kechirish, mustaqil qarorlar qabul qilishni erta yoshidan o‘rgangan. Bir yil davomida “Ta’lim”, “Ekologiya”, “Zo‘ravonlik” (bulling) inklyuziv ta‘lim yo‘nalishlarida o‘z g‘oyalarini va tizimli takliflarini mamlakatimizdagi har bir maktablarigacha ommalashtira oldi.

TASHABBUSKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

U yoshligidan turli tadbirlarni tashkillashtirib, maktab va oliygoh hayotida faol ishtirok etib kelgan. Marjona Respublika “Ittifoq” sardori (2020-2021), Respublika “Yosh maslahatchilar kengashi” raisi. “Mehr-sahovat” ko‘krak-nishoni, “Mustaqillikning 30-yilligi” esdalik ko‘krak-nishoni sohibasi, “GirlsUp” xalqaro mukofoti sohibasi, 10 ga yaqin Xalqaro tanlovlar ishtirokchisi, 50 ga yaqin respublika tanlovlari sovrindori.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Marjona faoliyati mobaynida ko‘plab muammolarga duch kelgan paytlari bo‘lgan. Uning fikricha, barcha muammoga bitta orginal yechim – ilm. Ko‘p hollarda, u muloqotda bo‘ladigan atrof-muhit, uning kelajagini belgilab berishini hayotiy misollar isbotlab bergan. U doimo o‘z ustida ishlaydi. Biroq hali bilganidan bilmagani ko‘p, deb hisoblaydi. Gaplar emas, amaliy natijalar bilan o‘z imkoniyatini isbotlay olishiga amin. Shu zaylda, shakllanib, kuchli mutaxassis bo‘lishiga ishonadi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Marjonaning so‘zlaricha, boshqaruv tizimida bilimli, salohiyatli va dunyo ko‘rgan yoshlar indeksi ko‘p, ularning tashabbuslari jamiyat hamda yoshlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq hududlarda ishlaydigan kadrlarda esa berilgan topshiriq ijrosini ta’minlashda kreativ dunyoqarash yetishmaydi. Shu bois, uning yaqin 3 yillik maqsadida har qaysi tashkilotda faoliyat olib borayotgan kadrlarning KPI’larini oshirishlariga xizmat qiluvchi intership loyihasini ishlab chiqish rejasi mavjud.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Egoistlik va kibr

Past baho berilganlar-chi?
Vaqtni unumli sarflash

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Har qanday vaziyatda, muammoda eng samarali yechim bera oladigan qiz

Hayotdagi shioringiz qanday?
Hayot – katta kurash. Kurashish kerak, ortga yo’l yo’q!

Instagram sahifasi: @marjona_jurakulova