Imomnazarov Jamoliddin

  • 25 yosh
  • Bakalavr
  • IT-mutaxassis
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
  • Volontyorlik bilan shug‘ullanadi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Jamoliddin IT-mutaxassisligini o‘rganmoqda. Ko‘p vaqtini kompyuterda ishlash, grafik dizayn qilish, yangi IT yo‘nalishlarini o‘rganish bilan o‘tkazadi. Tadbirlar, loyihalar tashkillashtirishga qiziqqani bois ko‘plab loyihalarning tashkiliy ishlarida qo‘lidan kelgancha yordam beradi, o‘z loyihalarini amalga oshiradi. Yoshlarga o‘z bilim va tajribalarini berib, ularga treninglar o‘tadi. Va eng asosiysi, bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanadigan ishlaridan biri bu – volontyorlik. Ko‘plab loyihalarda, tashkilotlarda volontyorlik qiladi. Volontyorlik bo‘yicha yoshlarga treninglar o‘tadi.

IT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Jamoliddin IT sohasida professional bo‘lish istagi tufayli shu sohani tanlagan. Chunki, bu soha unga juda yoqadi va uning ta’kidlashicha, shu paytgacha o‘z kasbi tufayli hamma joyda o‘z o‘rnini topa olgan. Hozirgi kunda IT sohasi juda rivojlanayotgan sohalardan biri. O‘z yo‘nalishini mukammal o‘rgansa, jamiyatga kerakli platformalar yaratishi mumkin. Boshqalarga bilganlarini o‘rgatsa, ular ham jamiyatda o‘z o‘rinlarini topa olishadi, rivojlanishadi, bepul kasb ham o‘rganishadi. Volontyor, ya’ni ko‘ngilli tarzda boshqalarga yordam bergan insondan yomonlik chiqmaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Pullik kurslarga borishga sharoiti to‘g‘ri kelmagani uchun onlayn o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimlar olgan. Ko‘pchilik qarshi bo‘lganda ham maqsadidan qaytmagan. Jamoliddin yo‘lida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tib, bugunda qator yutuqlarga erishgan. U 2021-yilda UNICEFning Imkonlab loyihasi g‘olibli bo‘lgan. Samarqand “Kelajak liderlari” klubi axborot xizmati rahbari. O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi mentor-treneri.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadi – media sohasida ko‘plab shogirdlar tayyorlash. Rejalari esa magistraturani chetda o‘qish, O‘zbekistonda o‘z biznesini ochish, ajoyib umr yo‘ldosh va ota bo‘lish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
E’tibor

Past baho berilganlarchi?
Yo‘q deya olmaslik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Pozitiv, ijodkor, yaxshi do’st. Hazilkash va mehribon inson

Hayotdagi shioringiz qanday?
Qayerda ekanliging emas, kim bilan ekanliging muhim

Instagram sahifasi: @jdu_report