Husenov Xurshid

  • 23 yosh
  • Magistr
  • Videodarsliklar yaratuvchisi
  • Navoiy davlat konchilik instituti
  • Bloger
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Xurshid Navoiy davlat konchilik institutining magistraturasida tahsil oladi. U dasturchilikka, videokontent yaratishga va montaj qilishga qiziqadi. O‘zbek tilidagi bepul va sifatli ta’limga oid kontentlarni ko‘paytirish maqsadida onlayn videodarsliklarni yaratish ustida ish olib boradi. Shu bilan birga yurtimiz ta’lim darajasini yangi bosqichga olib chiqadi.

DASTURCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Maktab yoshidagi bolalar uchun mustaqil ravishda bilim olishga imkoniyat yaratish maqsadida Xurshid video darslar yaratish sohasini tanlagan. U yilning eng faol bloger talabasi laureati. “Uchinchi renessans yoshlar nigohida oliy ta’limdan talabalarning manfaatdorligini oshirish yo‘nalishida” birinchi o‘rin sohibi. Shuningdek, startap tashabbuslarning g‘olibi. 

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Ishonchli ma’lumotlarni izlash, topish va o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchragan. Shuningdek, chet tillarini o‘rganish, kompyuter dasturlarini o‘rganishda ham ayrim qiyinchiliklarga uchragan. Xurshid yaratgan video darslar tayyorlash bo‘yicha master-klasslari orqali ko‘plab o‘qituvchilar o‘zlarining online darslarini o‘ta boshlashgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Xurshidning maqsadi – proffessional montajchi darajasiga erishib yurtimizdagi eng sifatlii video materiallarni ishlab chiqarish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolari

Past baho berilganlar-chi?
Videografiya sohasidagi rejalari

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Izlanuvchan tirishqoq, o‘ziga ishonuvchi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Izlan, top, O‘rgan va o’rgat

Instagram sahifasi: @xurshid_xusenov