Hotamov Humoyun

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Menejment
  • Samarqand davlat universiteti
  • Ota-onasining duosi va o‘ziga bo‘lgan ishonch uni ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Humoyun Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali biznesni boshqarish yo‘nalishida tahsil oladi. O‘z sohasining bilim va ko‘nikmalaridan foydalangan holda, “Cambridge Education” nomli o‘quv markazini ochgan va hozirdanoq munosib shogirtlar tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqda.

MENEJMENT SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

U professional bo‘lishni istaydigan soha aynan o‘zi tahsil olayotgan soha – menejment sohasidir. Humoyun bu sohaga tayyorgarlik va hozirdan liderlikni qo‘llashga harakat qilib kelmoqda. O‘qishga kira olgani va birinchi kunning o‘zidayoq guruhda sardor bo‘lgani, hozirda filial yetakchisining yordamchisi bo‘lgani va tengdoshlari uni hurmat qilishlari – shularning barchasi uning liderlik qobiliyatlarini isbotlaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Birinchi navbatda o‘qishga kirishgacha bo‘lgan qiyinchiliglari. U dangasalikni yengish orqali va o‘z o‘rnini anglash orqali yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. O‘z tajribasidan kelib chiqqan holda, o‘ziga bugunda o‘z ustida ko‘proq ishlashni va liderlik qobilyatini yanada rivojlantirishni tavsiya qilgan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – o‘z biznesini kengaytirib, menejerlik sohasiga e’tibor qaratish, aynan shu soha bo‘yicha treninglar tashkil qilish. Shuningdek, universitet miqiyosida talabalar assotsatsiyasi bosh prezidenti bo‘lish va shu berilgan mas’uliyatni oqlay olish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Xislatlar ko‘lami

Past baho berilganlar-chi?
Imkoniyatlar

Do‘stlar – ingiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Muomalali, til topishuvchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Mayli rahbar bo’lma, lekin hammaga yordam beruvchi yetakchi bo’l!

Instagram sahifasi: @hatamov_humoyun