Eshmamatova Madina

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • Hamma narsasi bo‘lsa, dunyo bo‘ylab sayohat qilib, kitob yozgan bo‘lar edi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Madina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya hisobi va audit sohasida ta’lim olmoqda. Kelgusida xalqaro auditor bo‘lishni maqsad qilgan. U Muqimiy nomidagi ko‘krak nishoni sohibasi, MDX davlatlari o‘rtasida o‘z yo‘nalishida eng yosh olim, shuningdek, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi.

IQTISODCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Buxgalteriya hisobi va audit bugungi kunda iqtisodiyotning va taraqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Buxgalteriya hisobisiz nafaqat kompaniyalar, firmalar, shuningdek, butun boshli davlatning tizimi ishdan chiqadi. Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida tahsil olsa ham, Madinaning innovatsiya va san’atga qiziqishi yuqori. U tarafdan taklif etilayogan loyihalarning ishga tushishi nafaqat loyiha egalariga, balki jamiyatga ham katta yordam beradi, deb hisoblaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Madina qanday qiyinchliklarga uchrasa ham, qila olmayman emas, albatta, uddasidan chiqaman, kam uxlayman, ammo maqsadimga yetaman, deb o‘ziga tayanadi. U doimo ota-onasining ishonchini oqlashga harakat qiladi. Insonlarga gapini o‘tkaza oladi. Katta jamoani boshqarib, kutilgan natijaga erishadi.

Loyihalarda va turli tashkiliy masalalarda yetakchi bo‘la oladi. Agar hamma narsasi bo‘lganida, shaxsiy ta’lim muassasasini ochib, o‘zi istagan va to‘g‘ri deb bilgan kriteriyalariga asoslangan darslar tashkil etib, kerakli, bilimli kadrlar yetishtirar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Madinaning maqsadi – universitetni yakunlab, magistratura bosqichida ta’lim olish. Shu bilan birga, ish faoliyatini ham olib borib, doktorantura va ilmiy yo‘nalishning barcha zinapoyalaridan chiqib borishni niyat qilgan. Qiz bola oila bekasi va farzandlar onasi hisoblanishi sababli, ta’lim olishi juda muhim.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Harakatchanligi, mas’uliyatliligi, qiziqqonligi, tirishqoqligi

Past baho berilganlar-chi?
Katta maqsadlariga bepisand nazarlar

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
O‘ta jiddiy, harakatchan

Hayotdagi shioringiz qanday?
Nima bo‘lmasin, o‘zingga ishon. Hech narsadan qo‘rqma va harakat qil!