Do‘stov Lochinbek

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Iqdisotchi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  • Hayotda insonlarga o‘z qobiliyatiga ishonch va natijalarga erishish uchun harakat qilishdagi qat’iyatlik yetishmaydi, deb hisoblaydi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Lochinbek xalqaro iqdisodiyot va soliq sohalariga juda qiziqadi. Hozirda u islom iqdisodiyoti bo‘yicha loyiha ustida ish olib bormoqda. Bu loyiha aholining ijtimoiy qullab-quvvatlashning islomiy-zamonaviy yondashuvi, bu orqali yangi nazariya shakllanadi. Aholining moddiy tarafi emas, balki aqliy yondashuvi ustun bo‘ladi. Islom iqtisodiyoti nazariyasi tabaqalanishda emas, aksincha insoniylik manfaatlarini ustun qo‘yadi. Bu orqali qonunning adolatli ishlashiga aholining o‘zi yordam beradi. Mamlakatning asosiy ustuvorligi yuqori bo‘ladi.

IQDISODCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Lochinbekning doimiy izlanishda bo‘lishi va jamiyatda qanday muammo bo‘lmasin, ularni yechishga harakat qilish istagi uni bu sohaga olib kelgan. Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi yosh olimlar – 2021” xalqaro tanlovda faxrli 1-o‘rinni egallagan. “Bir million O‘zbek dasturchilari” a’zosi. 2021-yilning 24-fevraldagi “Uchinchi renassans – yoshlar nigohida” nomli Respublika tanlovining O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialida faxrli 1-o‘rinni egallagan. 2021-yili “Yil talabasi” respublika bosqichi ishtirokchisi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Hech bir narsa shunchaki sodir bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Lochinbekning fikricha, barchasiga qat’iyatlik, izlanish va shijoat talab etiladi. Muvaffaqiyat faqatgina yuzaga kelgan muvaffaqiyatsizliklarni yengish evaziga keladi. Sportning boks turi bo‘yicha viloyat chempionatida mag‘lubiyatga uchrab, keyinchalik Respublika fan olimpiadasida ham 85% natijaga erishib, kuchli 10likga ham kira olmagan paytida o‘ziga “Nimaga erishdim?” degan savol bergan. Shundan keyin faqatgina mehnat qilib, diqqatini va bor e’tiborini natijalar markaziga qaratishga qaror qilgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – kelgusida o‘z sohasi bo‘yicha xorijiy mamlakatda tahsil olish va xalqaro kuchli talabalar safida bo‘lib, ular bilan birga insoniyat muammolarini yechishga barcha imkoniyatlarini va bilimlarini safarbar etish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Shijoat

Past baho berilganlarchi?
Hissiyotlarga berilish

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Hayotining barcha sohalarida muvaffaqiyatga erisha oladigan inson

Hayotdagi shioringiz qanday?
Oddiylikdan murakkablik tomon harakat qil

Instagram sahifasi: @lochinbek_dustov