Dilmurodov Ma’rufjon

  • 18 yosh
  • Bakalavr
  • Farmatsevtika va tibbiyot sohasi
  • Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
  • Kelajakda onkologiya kasalliklariga da’vo topishni maqsad qilgan
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Ma’rufjon Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida tahsil oladi. U tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shuning uchun u bor kuchini o‘qishga bag‘ishlab, doimiy izlanishda. Hayotda otaonasi faxirlanadigan, hamma ishni udasidan chiqadigan, hech kim qila olmaydigan ishlarni qila oladigan, hammadan zo‘r inson bo‘lishga harakat qiladi. Hozirda ilmiy ishi ustida ishlamoqda.

FARMATSEVT BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Ma’rufjon o‘zining oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlariga erishish uchun shu sohani tanlagan. Oliy ta’limga o‘qishga qabul qilinishi, akademik litseyni va maktabni a’lo darajali diplom bilan tugatgani hamda hozirgi kunda ilmiy ish qilayotganini o‘zining yutuqlari deb hisoblaydi. Tengdoshlari orasida ajralib turishga, ularga nisbatan doimo oldinda yurishga harakat qiladi. Shuning uchun 1-kursdayoq ilmiy ish qilishga qaror qilgan va buni hozirgi kunda amalga oshirmoqda. Ko‘proq yangiliklar yaratishga intiladi. 

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Birinchi o‘rinda oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu maqsad tomon ildam qadam tashlab, bor kuch-g‘ayratini ishga solib mehnat qiladi. U bir ishni boshladimi, albatta, uni xayrli qilib oxirigacha oborishga, hech qachon dangasalik qilmaslikka harakat qiladi. Uning maqsadi oddiy kadr emas, balki o‘z kasbining professional mutaxassisi bo‘lishga harakat qiladi, ya’ni eng zo‘r farmatsevt bo‘lishga intiladi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Ma’rufning maqsadlari – beshta tilni mukammal o‘rganish, o‘qishni a’lo darajali diplom bilan tamomlash, farmatsevtika va tibbiyot sohasida juda katta ilmiy ish qilib, onkologik kasalliklarga davo topish, Yevropa mamlaktlarida bo‘ladigan yirik konferensiyalarda qatnashish va O‘zbekiston Respublikasini yanada butun dunyoga tanitib bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishdir.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Maqtovga munosib bo‘lmagan insonning nomini ko‘klarga ko‘tarish

Past baho berilganlar-chi?
Hayot

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Ko‘pchilik do‘stlari unga havas qilishadi

Hayotdagi shioringiz qanday?
Bundanda murakkab ishni mendan avvalgilar uddalashgan va men ham buni uddalay olaman!

Instagram sahifasi: @elmurodovich_marufjon