Burxonov Bekzod

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Iqtisodchi
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  • Hali o‘qilmagan kitoblar to‘la javoni uni ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Bekzod Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tahsil oladi. U kelajakda yetuk iqtisodchi menejer va inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish, inson qadrini jamiyatda o‘rnatish sohasida shug‘ullanishni niyat qilgan. Hozirda u ovqatlanish sohasida innovatsiya joriy qilish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.

IQTISODCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Bekzod iqtisodchi va tadbirkor bo‘lib, insonlarning jamiyatdagi o‘rinlarini topishlariga yordam berish niyatida. Odamlar uchun qulayliklar yaratuvchi yangiliklar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. U oliy ta’lim muassasining yetakchisi. “Yil talabasi” va “Yil lideri” unvonlari sohibi. U ijtimoiy soha orqali talabalarning manfaatini himoya qilibgina qolmay, ularga turli sohalarda yordam ham beradi. U har doim talabalarni ezgulikka, ilm olishga boshlaydi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Bekzod, avvalo, ichki qo‘rquvni, keyinchalik dangasalik va beqarorlikni yengish orqali yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi. Bekzod O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va UNISEF tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “IMKONLAB” loyihasida mentor bo‘lib, grand yutgan. Shuningdek, u hokim stipendiati. U jamoa manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadi. Mamlakatdagi oliygohlar ichida “Kelajak liderlar” klubining OTM filalini institutda ochishda katta mehnat qilib, yuksak natijaga erishgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Uning maqsadlari – magistraturani Yevropada davom ettirish va ilmiy darajani olib, mamalakatimizga qaytish. Yurt rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Ortiqcha maqtov

Past baho berilganlar-chi?
Motivatsiya

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Qat‘iy pozitsiyaga ega inson, Ba’zida shoshqaloq, Insofli yigit

Hayotdagi shioringiz qanday?
Toleim kulsa, olgan tuprog‘im ham zar bo‘lur

Instagram sahifasi: @bek_burxonov