Avazov Nuriddin

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • Iqdtisodchi
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallif

NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Uning faoliyati jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Iqtisodchi aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allik darajasini tushirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, narxnavo barqarorligini ta’minlash kabi bir qator jamiyat a’zolari uchun juda muhim bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Nuriddin ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Ilmiy ishlarining asosiy mavzusi investitsiyalar asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish.

IQTISODCHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Ilmiy ishlaridan asosiy maqsad − O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsion faollikni oshirish va yuqori iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy tadqiqot asosida aniqlash va ilmiy takliflar ishlab chiqish. Pirovardida ilmiy ishlarining natijasi aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishiga harakat qiladi. Bir necha marta eng yaxshi ilmiy maqola tanlovlarida, “Yil talabasi” tanlovlarida va fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan. Ilmiy yo’nalishi bo’yicha 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uchta ilmiy kitobi nashrdan chiqqan. Bundan tashqari 25 dan ortiq maqolalari xalqaro jurnallarda va 15 dan ortiq maqolasi respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Ilm olishning o‘zi igna bilan quduq qazishday mashaqqatli jarayon. Juda ko‘p adolatsizliklarga duch kelgan va bu qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Ota-onasining uni o‘qitishlari uchun qilayotgan mashaqqatli mehnatlarini ko‘rish uning uchun eng katta qiyinchilik. “Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy” ko‘krak nishoni sovrindori, Rossiya Federatsiyasida ilmiy tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tanlovda “Yil iqtisodchisi” nominatsiyasi g‘olibi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Nuriddinning maqsadi – kuchli makroiqtisodchi bo‘lish. O‘zbekistonda barqaror bank tizimi, moliya tizimi va tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun yetuk iqtisodchi kadr bo‘lish. Shuningdek, dunyoning top-100 iqtisodchilari qatoriga qo‘shilish, O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iborat.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar? O‘ziga ortiqcha baho berish, go‘zallik va boylik

Past baho berilganlar-chi? O‘ziga past baho berish, baxt va shukronalik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi? Mehnatkash va tirishqoq

Hayotdagi shioringiz qanday? Hech qachon to’xtamaslik, katta maqsadlar qo’yish va unga erishish!