Atoyev Rustambek

  • 25 yosh
  • Bakalavr
  • Harbiy shifokor
  • Qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi
  • Tibbiyotni boshqarishni orzu qiladi

NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Rustambek Qurolli kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasida tahsil oladi. Kelajakda u harbiy shifokor bo‘lib, vatanimiz himoyachilari – askarlar, harbiylar hayotini va sog‘lig‘ini saqlash niyatida. U ta’lim olish jarayoni bilan bir qatorda, bir qancha yirik olimpiadalarda ishtirok etib keladi, jamoa yig‘ib, faxrli o‘rinlarni egallaydi.

SHIFOKOR BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Rustambek barcha harbiylarning hayotini saqlab qolish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlarda, baxtsiz hodisalarda fuqarolar hayotini saqlab qolish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokor bo‘lishga qaror qilgan. Mikrobiologiyadan Respublika fan olimpiadasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Nevrologiyadan xalqaro olimpiadaning OTM bosqichida 3-o‘rinni, Buxoro viloyati yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha” tanlovida ham faxriy 3-o‘rinni egallagan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

O‘qishi sababli uyidan, oilasidan uzoqda bo‘lish, uy-joy, ba’zida moliyaviy muammolar, ba’zida o‘zining shaxsiy kamchiliklarini bartaraf etish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan. Agar hayotda hamma narsasi bo‘lsa, u ilm bilan, ixtirolar, yangiliklar yaratish, dars berish bilan shug‘ullanar edi. Iqtidorlilarni qidirib topish, ularga imkoniyat berishni istar edi. Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak bergan bo‘lardi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Rustamning maqsadlari – IELTS imtihonini topshirish, xorij ta’lim muassasalarida o‘qish, shuningdek, xususiy klinika va tibbiyot universiteti ochish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar? Salbiy fikrlar

Past baho berilganlar-chi? Taslim bo‘lmaslik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi? Hammaga qo’lidan kelgancha yordam beruvchi, rahmdil

Hayotdagi shioringiz qanday? Hech qachon taslim bo’lmaslik