Asanova Inara

  • 23 yosh
  • Bakalavr
  • Marketolog
  • Guliston davlat universiteti
  • Yuqori daromad topayotgan qizlar va ayollar ruhlantiradi
NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Inara digital marketing va menejment sohasida faoliyat olib boradi. Inara Asanova 1998-yili Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ilgan. U Guliston tumanidagi 14-umumta’lim maktabida tahsil olgan. O‘rta ma’lumotni Guliston tibbiyot kollejida olgan. Keyin Guliston davlat universitetida tahsil olgan. Inara marketing sohasida, jumladan, SMM va targeting yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Hozirda u reklama agentligida loyiha menejeri lavozimida ish olib bormoqda.

MARKETOLOG BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Bu sohaga 2018-yilda kirib kelgan. Shu yili talaba bo‘lishidan oldin yaqin do‘sti ushbu sohada ishlashni tavsiya qilgan edi. Keyin “frilans” shaklida kopirayterlik qilishni boshlagan. Pandemiya vaqtida esa Toshkentga kelishni, shu sohani aynan poytaxtdagi ustozlardan o‘rganishga qaror qilgan. Hozirgi kunda Inara xalqaro maydonga chiqib, o‘z sohasi bo‘yicha tajriba oshirishni maqsad qilib qo‘ygan. O‘zi faoliyat yuritayotgan reklama agentligida loyiha menejeri bo‘lib har kuni liderlik hislatlarini namoyon etadi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Avvaldan IT sohasiga qiziqib kelgan. Lekin negadir viloyatlarda ko‘pchilikning otaonasi bu sohani qabul qilishmasdi. Chunki qiz bola uchun shifokorlik yoki o‘qituvchilik kasbini egallash normal ko‘rinadi ko‘proq. IT sohasiga kirib kelish biroz qiyin bo‘lgan. Birinchidan, atrof muhitimdagi odamlar bu narsani tushunmasdi, ikkinchidan, bu sohaga kirib kelish uchun yetarlicha ustoz topa olmaganman. Keyinchalik internetdan o‘rganishga to‘g‘ri kelgan.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Inaraning maqsadi – kelajakda chet el talablariga javob beruvchi mutaxassis bo‘lib yetishish.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar?
Juda ham kamtar insonlar

Past baho berilganlar-chi?
Professionalizm

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi?
Shoshqaloq, aqlli, tinib-tinchimas

Hayotdagi shioringiz qanday?
Millionlab imkoniyatlar mavjud

Instagram sahifasi: @inara_asanova