Anvarbekova Charos

  • 22 yosh
  • Bakalavr
  • Startup loyihalar yaratuvchisi
  • Toshkent davlat agrar universiteti
  • Agar hamma narsasi bo‘lsa, o‘qituvchi bo‘lib, insonlarga bilim ulashar edi

NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Charos qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim oladi. Qishloq xo‘jaligi mamlakatning muhim ajralmas qismi. Bu soha rivojlansa, xalq faravon bo‘ladi, iqtisodiy samaradorlik oshadi va davlat byudjetiga foyda sanaladi. 2021-yilda Innovatsion vazirlik tomonidan tashkil qilingan “Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari” tanlovida g‘olib bo‘lib 23 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan.

LOYIHACHI BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Charos yosh bolaligidan ta’limga katta qiziqish bildirgan. 6 yoshligida o‘qish, yozish va karra jadvalini yaxshi bilgan. Hozirgacha 500 ga yaqin kitob o‘qigan. Charos Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi. Shuningdek, Butunrossiya iste’dodlilar maqolalari tanlovida 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Otasi yo‘qligi sababli kontraktda o‘qish muammo bo‘lgan, ko‘p tanlovlarda qatnashgani va yetakchilik imkoniyatlari tufayli kontraktini to‘lab berishgan, shunday qilib u o‘qishini davom ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Agar o‘tmishdagi bir inson bilan ko‘risha olish imkoni bo‘lganida, u otasi bilan ko‘rishib, “munosib farzand bo‘ldimmi?” deb so‘ragan bo‘lar edi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Charos kelgusida rejalari ko‘p. Biznes qilishni rejalashtirgan. Ingliz tilini mukammal o‘rganishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kelajakda barcha maqsadlariga erishgandan so‘ng, xalq uchun beminnat xizmat qilishni, imkoniyati cheklangan va kasallikka chalingan bolalarga yordam berishni niyat qilgan.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar? Soxta yutuqlar

Past baho berilganlar-chi? Odamlarning muammolari

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi? “Hech o‘qib tinchimaydi“, deb ta’rif berishadi

Hayotdagi shioringiz qanday? Senga havas qilishsin, hasad qilishsin, ammo hech qachon rahmilari kelib achinishmasin!