Amirullayev Shodiyor

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • O‘qituvchi
  • “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti
  • Hayotda insonlarga ko‘p hollarda sabr, iroda, tegishli xulosalar chiqarish yetishmaydi, deb hisoblaydi

NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Bugungi kunda Shodiyor o‘qishidan tashqari, bir necha sohalarda faoliyat olib bormoqda. Xususan, grant yutib olgan startap g‘oyasi bo‘yicha “Sunshine-Educational Platform” onlayn ta’lim platformasini ishga tushirishni boshlagan. Ushbu loyiha ta’limda innovatsiya joriy etishga, yoshlarning xorijlik tenqurlari bilan bilim va tajriba almashishlaridagi to‘siqlar, yoshlarning til bilish darajasi yetarli emasligi, internetdan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb muammolarga qaratilgan.

TA’LIM SOHASINI TANLASHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Til o‘qitishdagi bilimlarini ko‘proq insonlarga ulashish niyati uning bu sohasini tanlashiga sababchi bo‘lgan. Shu sababli “Sunshine-Educational Platform” loyihasini innovatsion yechimlar orqali taqdim etish qaroriga kelgan va uning ustida doimo ishlashda davom etmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar Parlamenti va “Kelajak Liderlari” klubining a’zosi. Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar (UNDP) va Innovatsion Rivojlanish vazirligi, Yoshlar Ishlari Agentlgi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Start up Intiatives” 5-mavsumida g‘olibli va $5000 maqsadli grant sohibi.

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Agar inson hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishni istasa yoki muvaffaqiyatga erishni istasa, o‘zini yenga olishi kerak, ya’ni barcha kamchilik, salbiy odatlar va insonlardan voz kecha olish kerakdir. Shodiyor bunga erisha oldim deb hisoblaydi. Shuningdek, undagi jamiyat va mamlakat hayotidagi faollikka bo‘lgan maqsadi sababli, Yoshlar Parlamenti a’zosi bo‘lishga qaror qilgan va kerakli barcha jarayonlardan o‘tgan holda yurtimiz aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarning tashabbus va irodalarini timsoli bo‘lmish ilg‘or yoshlar qatorida bo‘lib harakat qilib kelmoqda.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Kelajakdagi maqsad va rejalar haqida gap ketganda, birinchi navbatda bu muntazam shaxsiy rivojlanish (kitob o‘qish, tarjimalar bilan shug‘ullanish, yangi tillar o‘rganish, IT sohasi va boshqalar), jamiyatga foydasi teguvchi loyihalar yaratish, xorijiy bilim malaka o‘rganish va almashish. Bu maqsadlariga erishish yo‘lida tengdoshlari bilan birga harakat qilishga hamisha tayyor.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar? Mansab

Past baho berilganlarchi? bilim, iqtidor, fikr, kitob

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi? Talabchan, maqsadli, to‘g‘riso‘z

Hayotdagi shioringiz qanday? Iloji yo’q degan jumla kuchsiz insonlar tomonidan o’ylab topilgan bahonadir