Akmalova Mo‘mina

  • 21 yosh
  • Bakalavr
  • Liboslar dizayneri
  • Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti
  • Yetuk darajadagi bilimli insonlarga bo‘lgan havas uni ruhlantiradi

NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?

Mo‘mina liboslar dizayni bilan shug‘ullanadi. O‘zining kreativ yechimlari bilan libos ko‘rgazmalarida faol ishtirok etadi. U faoliyat olib borayotgan “Fashion Design” sohasi moda olamiga yangiliklar kiritish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali jamiyatga foyda keltiradi.

DIZAYNER BO‘LISHGA QANDAY QAROR QILGAN?

Liboslarni chizishga yoshligidan qiziqib kelgan. Keyin esa o‘z kasbiy yo‘lini shu sohada rivojlantirishga qaror qilib, 2019-yilda Toshkentdagi Yodju texnika institutining talabasiga aylangan. 2020-2021-yillarda “Fashion show” va “Avolare” ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. 2021-2022-yil uchun ta’lim granti sohibasiga aylangan. O‘z sohasining asl professionali bo‘lish orzusini amalga oshirish yo‘lida doimo harakatda

QANDAY QIYINCHILIKLARGA UCHRAGAN?

Mo‘mina o‘zi faoliyat olib borayotgan soha ko‘p mehnat, ayrim hollarda sabr-toqat, yaxshi mahorat, yetarlicha bilim-ko‘nikma va malakalarni talab qilishini yaxshi biladi. Shunga qaramasdan, u tinimsiz harakatda bo‘lib, mutaxassis darajasiga yetgan. Har bir ko‘rgazmadan so‘ng liboslar haqidagi fikrlarini o‘z jamoasiga bildirib, kelgusi ko‘rgazma uchun yangi g‘oyalar va takliflarini berib, kim nima ishlarni qilishi kerakligini taqsimlab beradi.

KELAJAKDAGI MAQSADLARI

Mo‘minaning kelajakdagi maqsadi – yurtimizda libos dizayni sohasini yanada rivojlantirib, jahon sahnasida eng oldi o‘rinlarga ko‘tarish. Shu bilan birga, butun dunyoga taniladigan, vaqt o‘tib ham ushbu soha vakillariga va jamiyatga foydasi teguvchi yangi kreativ liboslar loyihalarini yaratishdan iborat.

Eng ko‘p ortiqcha baho berilgan narsalar? Kibrlik bilan o‘z imkoniyatlariga berilgan baho

Past baho berilganlar-chi? Sodiqlik

Do‘stlaringiz sizga qanday ta’rif bergan bo‘lishardi? Oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha oladigan inson

Hayotdagi shioringiz qanday? Har bir daqiqa g‘animat